AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimligi va Kinematografiya agentligi eng yopiq davlat tashkilotlari bo‘ldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024 yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksini e’lon qilindi.

'Andijon viloyati hokimligi va Kinematografiya agentligi eng yopiq davlat tashkilotlari bo‘ldi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024 yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholadi.

Ochiqlik indeksi asosida baholash natijalariga ko‘ra, 50 ta davlat organi “yashil” (2023-yilda 31 ta), 35 tasi “sariq” (43 ta) va 13 tasi “qizil” (29 ta) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

Eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (91 ball), Soliq qo‘mitasi (90 ball), “O‘zavtosanoat” AJ (89 ball) va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (89 ball) tomonidan ko‘rsatilgan.

Ochiqlik bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlarni Andijon viloyati hokimligi (28,5 ball) va Kinematografiya agentligi (30,43 ball) qayd etdi. Shuningdek, uchinchi toifaga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Milliy antidoping agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, "Asaka" ATB, "Yo‘lqurilish" AJ, Jizzax, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, "RЕS" AJ kiritildi.

    Boshqa yangiliklar