AsosiyDunyo

Istanbulda sodir bo‘lgan zilzilada o‘zbekistonlik kuchli qo‘rquvdan vafot etdi

U zilzila payti yuqori qavatda turgan bo‘lgan.

'Istanbulda sodir bo‘lgan zilzilada o‘zbekistonlik  kuchli qo‘rquvdan vafot etdi'ning rasmi

Istanbul sohili yaqinida 6,2 ballik zilzila sodir bo‘ldi, natijada Turkiya megapolisida vahima yuzaga keldi. Zilzila vaqtida 151 nafar shaxslar qo‘rquv sabab balandlikdan sakragan holda tan jarohati olib, kasalxonalarda davolanmoqda. 

O‘zbekistoning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, 2025 yil 23 aprel kuni Istanbul shahrida yashagan yurtdoshimiz yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiaviy holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi natijasida yuz bergani aytilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini Vatanimizga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.

    Boshqa yangiliklar