AsosiyJamiyat

Samarqanddagi "Motamsaro ona" poyiga egilgan Lavrov xotira so‘zlari ruscha yozilmaganidan nolidi

O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri yodgorlikka gul qo‘yish paytida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratgan.

'Samarqanddagi "Motamsaro ona" poyiga egilgan Lavrov xotira so‘zlari ruscha yozilmaganidan nolidi'ning rasmi

O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi "Motamsaro ona" yodgorligiga gul qo‘yish paytida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratgan. 

U yodgorlikda halok bo‘lgan jangchilarga atalgan xotira so‘zlari faqat ingliz tiliga tarjima qilinganidan hayratga tushgan. 

"Qarasam, inglizcha yozuv bor, ruschasini ko‘rmayapman. Ona - bu eng muqaddas," - degan Lavrov ekskursovodga (TASSdan iqtibos). 

Rossiya TIV matbuot xizmati gul qo‘yish marosimidan bir qator fotosuratlarni e’lon qildi.

    Boshqa yangiliklar