AsosiyBu qiziq

Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

'Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?'ning rasmi

“O‘zgidromet” 21-aprel kuni ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 21-23 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.  Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.  Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.  Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona, viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.  Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarida qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja  iliq, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar