AsosiyJamiyat

Xorijliklar 200 ming dollar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olishi mumkin

Ushbu so‘mma evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi.

'Xorijliklar 200 ming dollar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olishi mumkin'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinadi.

20 va undan ortiq ishchisi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarga mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalarini 2025 yil 15 iyulda va 1 dekabrda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, Prezident Farmoniga muvofiq, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga to‘langan QQSning bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi zarurligi belgilandi.

Bundan tashqari, sanoat korxonalarining avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunasi, lokal suv tozalash inshooti va statsionar kuzatuv posti bilan jihozlash majburiyati muddati quyidagicha uzaytirildi:

I toifadagi korxonalar uchun – 2026 yil 1 yanvargacha;

II toifadagi korxonalar uchun –F 2026 yil 1 iyulgacha.

2025 yil 1 iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 200 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 100 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘lovlar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:24

    'Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdorda narkotiklar musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:59

    Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdorda narkotiklar musodara qilindi

    Fargʻona va Navoiy viloyatlarida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurash doirasida bir necha shaxs ushlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2026 16:29

    'Islom sivilizatsiyasi markazi butun dunyoga ochilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2026 15:21

    Islom sivilizatsiyasi markazi butun dunyoga ochilmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan sharoyitlar va eng noyob eksponatlar bilan tanishdi.

    'Bugun Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochadi'ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2026 11:48

    Bugun Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning rasmiy ochilishida ishtirok etadi.

    'Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol vahshiylarcha o‘ldirildi.'ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2026 10:41

    Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol vahshiylarcha o‘ldirildi.

    36 yoshli Hurriyat Tursunboyeva eri tomonidan o‘ldirilib, jasadi bo‘laklarga bo‘linib tashlangan.