AsosiyJamiyat

Samarqandda ko‘lmakda cho‘milgan bloger 10 sutkaga qamaldi

Bu harakati bilan bloger yo‘l nosozliklarini noodatiy tarzda tanqid qilmoqchi bo‘lgan.

'Samarqandda ko‘lmakda cho‘milgan bloger 10 sutkaga qamaldi'ning rasmi

 Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lning o‘rtasida bir erkakning cho‘milgani aks etgan video tarqaldi.

Samarqand YHXB Matbuot xizmatining ma’lum qilinishicha, mazkur holat Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan. 

Erkak ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Samarqanddagi yo‘llar haqida video joylagan. Ya’ni yomg‘irda yo‘llardagi "yama"larda mashinalardan tashqari, odamlar ham cho‘milishi mumkinligini ta’kidlagan.

Uning noodatiy tarzdagi tanqidi MJTK 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishiga sabab bo‘ldi.

"Uning harakatlari haqiqatan ham jamoat tartibini buzish yoki osoyishtalikka tahdid solgani savol tug‘diradi. Chunki modda dispozitsiyasida uyatli so‘zlar, haqorat yoki shilqimlik belgilangan.

Sud jarima jazosini ham qo‘llash imkoniga ega edi. Shu bois blogerning qamoqqa olinishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda", deydi Rasul Kusherboyev holatga munosabat bildirar ekan.

    Boshqa yangiliklar