AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi

Yiliga 120 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega yangi yuk kompleksi 5,2 gektar maydonda joylashgan.

'Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi'ning rasmi

Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi.

Yiliga 120 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega yangi yuk kompleksi 5,2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, uch qavatli ma’muriy bino, turli tovarlarni saqlashga mo‘ljallangan omborxona, shuningdek, yengil va yuk mashinalari uchun to‘xtash joyini o‘z ichiga oladi.

Omborxona 8500 kv.m maydonni egallaydi va uning ichida ma’lum bir harorat rejimini saqlashni talab qiladigan tovarlar uchun 500 kv.m maydondagi sovutish va muzlatish kameralari. Xususan, omborxonada o‘simlik va tirik hayvonlar, qimmatbaho yuklar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarni saqlash uchun maxsus xonalar qurilgan. Barcha maxsus xonalar harorat o‘lchagichlari bilan jihozlangan va bu kerakli harorat rejimini o‘rnatish imkonini beradi.

Qayd o‘tilishicha, hozirda 1994-2000 yillarda qurilgan yuk terminali umumiy maydoni 3 gektarga yaqin bo‘lgan 20 ga yaqin eskirgan kichik va o‘rta ombor va ma’muriy binolardan tashkil topgan. Yuk terminalining o‘tkazish quvvati aslida yiliga 30 ming tonnani tashkil etadi. Vaholanki, 2024 yilda Toshkent aeroporti salkam 80 ming tonna yuk va pochta jo‘natmalarini qabul qilgan. Ma’muriyati va ijarachilar joylashgan bino va inshootlar ham eskirgan. Bularning barchasi yuk tashish kompleksini kengaytirish va modernizatsiya qilish zaruratidan dalolat berdi. Bugundan boshlab eski terminaldan yangi terminalga bosqichma-bosqich o‘tish boshlangan.

Bundan tashqari, UzCargo xodimlari, tegishli xizmatlar (bojxona, veterinariya, o‘simliklar karantini va boshqalar), import/eksport kompaniyalari vakillari, aviakompaniyalar va deklarantlar, shuningdek, yuk qabul qiluvchilar uchun 3000 kv.m maydonga ega uch qavatli yangi ma’muriy bino qurildi. Birinchi qavatda yuk qabul qiluvchilar elektron navbat orqali xizmatlardan foydalanishadi. Ish ofislari binoning ikkinchi va uchinchi qavatlarida joylashgan. Shuningdek, barcha manfaatdor shaxslarga yengil va yuk mashinalari uchun mo‘ljallangan katta to‘xtash joyi mavjud bo‘ladi.

UzCargo ("Uzbekistan Airports Cargo" MCHJ) — 2022-yil 1-noyabrda "Uzbekistan Airports" AJ tarkibida tashkil etilgan sho‘ba korxona. Korxona Toshkent ayeroporti Pochta-yuk kompleksi negizida tashkil etilgan bo‘lib, aeroportda yuklarni qayta ishlash va saqlash, yuklarni ortish va tushirish hamda transport hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi

    Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 22:27

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

    Unda sohaning yetuk mutaxassislari, rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar ishtirok etmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 20:21

    'O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:41

    O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi

    O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldilar.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:34

    'Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:19

    Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi kanalda yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.