AsosiyDunyo

Tramp ma’muriyati Zelenskiyning muxoliflari bilan yashirin muzokaralar boshlagan

AQSH prezidenti jamoasi vakillari Yuliya Timoshenko va Petro Poroshenko partiyasi a’zolari bilan muloqot uyushtirgan.

'Tramp ma’muriyati Zelenskiyning muxoliflari bilan yashirin muzokaralar boshlagan'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp jamoasi vakillari Yuliya Timoshenko va Petro Poroshenko partiyasi a’zolari bilan muloqot uyushtirgan. Politico nashri shu haqda yozmoqda.

"Muhokamalarning asosiy mavzusi Ukrainada muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi ehtimoli va mamlakatdagi siyosiy vaziyat bo‘lgan. Trampning yordamchilari ukrainaliklarning urushdan charchagani va korrupsiyadan noroziligi tufayli Zelenskiy saylovda yutqazishiga ishonmoqda", deb yozadi gazeta.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Trampning to‘rt nafar yuqori martabali maslahatchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning asosiy siyosiy raqiblari bilan yashirin muzokaralar o‘tkazgan. Ular orasida sobiq bosh vazir va muxolifat yetakchisi Yuliya Timoshenko hamda sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning partiyasi a’zolari bor.

Muzokaralarda Ukrainada tezkor prezidentlik saylovlarini o‘tkazish imkoniyati muhokama qilingan. Ayni paytda mamlakatda harbiy holat joriy etilgani sababli, konstitutsiyaga muvofiq, saylovlar kechiktirilyapti. Tanqidchilarning ta’kidlashicha, bunday sharoitda saylovlar o‘tkazish tartibsizliklarga olib kelishi va Rossiya manfaatiga xizmat qilishi mumkin, chunki ko‘plab saylovchilar frontda xizmat qilmoqda yoki qochqin sifatida xorijda yashamoqda.

Trampning maslahatchilari Zelenskiyning saylovda mag‘lub bo‘lish ehtimoli yuqori deb hisoblamoqda, buni urushdan charchash va korrupsiyaga oid jamoatchilik noroziligi bilan bog‘layapti. Haqiqatan ham, Zelenskiyning reytinglari so‘nggi yillarda pasayib borayotgan edi. Ammo yaqinda Tramp bilan bog‘liq voqealardan so‘ng Zelenskiyning obro‘si yana oshgan. 

AQSH va Yevropa Ittifoqi diplomatlari Zelenskiyni Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga ko‘ndirishga urinmoqda. Bu muzokaralar Ukraina hududining bir qismini Rossiyaga berishni o‘z ichiga olishi mumkin. Biroq, Zelenskiy bunday shartlarni qabul qilishdan bosh tortyapti.

AQSH va Rossiya rahbarlari Zelenskiyni iste’foga chiqishga chaqirmoqda, bu esa uning muxolifatini faollashtirdi. Timoshenko va Poroshenkoning tarafdorlari Zelenskiyning ma’muriyatiga qarshi tanqidlarni kuchaytiryapti. Poroshenkoning partiyasi a’zosi: "Biz Ukrainadagi siyosiy vaziyatni muhokama qilish uchun AQSHdagi do‘stlarimiz bilan muntazam aloqadamiz", dedi.

AQSHdagi ba’zi siyosatchilar Zelenskiyni urushni cho‘zishda ayblashmoqda. Senator Jey Di Vens: "Zelenskiy tinchlikka erishish uchun yetarli harakat qilmayapti", deya tanqid kilgan. Bu esa Ukrainada AQSHga bo‘lgan ishonchni pasaytirmoqda. 

Zelenskiy esa Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qolish uchun kurashishda davom etishini ta’kidlayapti. Uning tarafdorlari Tramp ma’muriyatining bosimini tanqid qilmoqda va buni Ukraina ichki ishlariga aralashuv deb baholashmoqda. 

Bu vaziyat Ukrainadagi siyosiy beqarorlikni kuchaytirishi va kelgusidagi tinchlik muzokaralariga ta’sir qilishi mumkin. Xalqaro hamjamiyat Ukrainadagi vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:09

    YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin

    Bojlarning qiymati 95 milliard yevroga teng bo‘lishi aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:53

    'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:10

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi

    Ushbu yordam paketi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanadi.

    'Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 13:08

    Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

    Shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan yetti o‘rindiqli vertolyot Gangotri tomon yo‘l olgan bo‘lgan.

    'Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 12:59

    Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi

    Sistina ibodatxonasining tomiga o‘rnatilgan mo‘ridan chiqayotgan qora tutun saylash tugallanmaganligidan dalolat beradi.

    'Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 10:55

    Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi

    Pokiston armiyasining ma’lum qilishicha, 57 kishi yaralangan.