AsosiyJamiyat

Oqqo‘rg‘onda eri tomonidan kaltaklangan 23 yoshli ayol shifoxonada vafot etdi

Erkakka nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JKning 126(1)-moddasi 8-qismimi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

'Oqqo‘rg‘onda eri tomonidan kaltaklangan 23 yoshli ayol shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Kuni kecha Oqqo‘rg‘on tumanida turmush o‘rtog‘ini kaltaklagan 37 yoshli erkak IIO tomonidan protsessual tartibda ushlangani, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va ayol tibbiy muolaja olayotgani haqida xabar berilgan edi. 

Viloyat IIB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 23 yoshli ayol ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun shifoxonada vafot etdi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, mazkur holat jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgani sababli qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JKning 126(1)-moddasi 8-qismimi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom etayotganini ma’lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar