AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik direktor jamoatchilikdan uzr so‘radi

U maktab formasi haqidagi gapi noto‘g‘ri talqin qilinganini aytgan.

'Qashqadaryolik direktor jamoatchilikdan uzr so‘radi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quvchilar formasi uchun o‘qituvchilarga pul yig‘ish haqida topshiriq bergani ko‘ringan video tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ulning jarimaga tortilganini ochiqlagandi. Maktab direktori jamoatchilikka videochiqish qilib, yaxshi niyati noto‘g‘ri talqin qilinganini aytdi va xatosi uchun uzr so‘radi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar qilindi

Maktabimiz shahar markazida joylashgani uchun o‘quvchilarimiz ko‘p. Shuningdek, tan olish kerak, aksariyat o‘quvchilarimiz qimmatbaho avtomobil va qimmatbaho kiyimlarda darsga kelsa, boshqalari imkoniyati sabab bunday qilolmaydi. Men o‘quvchilar o‘rtasida tabaqalanish bo‘lmasligi uchun maktab formasini joriy etish bo‘yicha taklifimni bergandim. Agar bu holatda noto‘g‘ri gapirgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. Maqsadim o‘quvchilar o‘rtasidagi tabaqalanishning oldini olish bo‘lgan, xolos, deydi direktor. 

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining aniqlashtirishicha, maktab direktori Feruza Shuhratova haqiqatan ham maktab o‘qituvchilariga 2025 yilning 21 yanvar kuni maktabning Telegram guruhida videomurojaat qilib, barcha o‘quvchilarga “jaket” olish haqida ko‘rsatma bergan. Direktor videoda formasi yo‘q o‘quvchini maktab darvozasidan chiqarib yuborishini aytgan.

Qayd etilishicha, ushbu maktab direktoriga nisbatan boshqarma boshlig‘ining 22 yanvardagi buyrug‘iga asosan o‘rtacha oylik ish haqining 25 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Boshqarma ta’lim tashkilotida majburiy tartibda o‘quvchilarni forma kiyishiga doir pul mablag‘larini yig‘ish, tashkil etish, qat’iyan taqiqlanganini bildirib, bu kabi salbiy holatlarni keskin qoralagan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:23

    O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda

    Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi.

    '“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:21

    “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Adliya vazirligi ushbu taomni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga kirg‘izdi.

    'Zangiotada sifatsiz dori vositalari  savdosiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:52

    Zangiotada sifatsiz dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:13

    'Turkmanistonda zilzila bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:48

    Turkmanistonda zilzila bo‘ldi

    Ammo zilzila ta’siri qay darajada O‘zbekistonga sezilgani ochiqlanmadi.

    'O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi'ning rasmi

    Jamiyat 02.07.2025 18:28

    O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi

    Onlayn taksi agregatorlari orqali 430 mingdan ortiq haydovchi aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda.