AsosiyDunyo

Hindiston AQSHdagi fuqarolarini ommaviy deportatsiyadan avval olib chiqib ketmoqchi

Prezident Donald Tramp ma’muriyati bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida shunday qadam qo‘yilmoqda.

'Hindiston AQSHdagi fuqarolarini ommaviy deportatsiyadan avval olib chiqib ketmoqchi'ning rasmi

Hindiston hukumati AQSHda noqonuniy yashab kelayotgan 18 mingga yaqin fuqarosini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Prezident Donald Tramp ma’muriyati bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida shunday qadam qo‘yilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Hindiston va AQSH hukumatlari birgalikda AQSHda noqonuniy yashab kelayotgan 18 mingga yaqin hind fuqarosini aniqlagan. Biroq, bu raqam aslida ancha ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. 
Hindiston tomonidan bunday hamkorlikka evaziga, yangi AQSH ma’muriyati hind fuqarolari uchun qonuniy immigratsiya kanallarini, jumladan, talabalar vizalari va malakali ishchilar uchun H-1B vizasi dasturini himoya qilishini umid qilmoqda. 2023 yilda ushbu dastur bo‘yicha berilgan 386 ming vizaning qariyb uchdan ikki qismi hind fuqarolariga to‘g‘ri kelgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 moliyaviy yilda AQSHda noqonuniy yashab kelayotgan 1100 hind fuqarosi deportatsiya qilingan. Bu ko‘rsatkich ilgariga nisbatan o‘sishni ko‘rsatadi.

Shuningdek, 2024 yil oktyabr oyida AQSH 160 ming hind fuqarosini deportatsiya qilgani haqida xabar berilgan. Ikki davlat o‘rtasida qonuniy immigratsiyani yaxshilash va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp AQSH hukumati tepasiga kelganidan so‘ng, boshqa tashabbuslar bilan bir qatorda Amerikani noqonuniy migrantlardan tozalashga kirishgan. Masalan, Bloomberg hisobotiga ko‘ra, Tramp tomonidan imzolangan immigratsiya farmoyishiga ko‘ra, AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan taxminan 80 ming turk fuqarosi o‘z vatanlariga ekstraditsiya qilinishi mumkin. AQSH chegara xavfsizligi bo‘yicha nozir Tomas Xomanning aytishicha, Immigratsiya va bojxona nazorati butun mamlakat bo‘ylab deportatsiya qilish uchun hujjatsiz muhojirlarni hibsga olishni boshlagan.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Nepalda qor ko‘chki oqibati natijasida 7 nafar alpinist halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 04.11.2025 17:24

    Nepalda qor ko‘chki oqibati natijasida 7 nafar alpinist halok bo‘ldi

    Qutqaruvchilar jasodlarni izlashni davom ettirmoqda.

    'Serbiyada futbol vaqtida murabbiy nega vafot etdi?'ning rasmi

    Dunyo 04.11.2025 16:55

    Serbiyada futbol vaqtida murabbiy nega vafot etdi?

    U o'yin payti o'zini yomon his qilib hushidan ketgan.

    'Polsha Rossiyaga qarshi "dron devori" yaratmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 04.11.2025 16:48

    Polsha Rossiyaga qarshi "dron devori" yaratmoqchi

    Ushbu loyiha ikki yil ichida yakunlanishi kutilmoqda.

    'Huseyn Hasanov qidiruvga berildi'ning rasmi

    Dunyo 04.11.2025 15:53

    Huseyn Hasanov qidiruvga berildi

    Yangi jinoiy ish bloggerga nisbatan qo‘zg‘atildi, u 170 million rub‘ miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblanmoqda.

    'Toshkentda tsex yonib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 04.11.2025 15:04

    Toshkentda tsex yonib ketdi

    Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqdanmoqda.

    'Xitoyda uchar avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshladi'ning rasmi

    Dunyo 04.11.2025 14:05

    Xitoyda uchar avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshladi

    XPeng kompaniyasi vertikal uchish va qoʻnish imkoniyatiga ega "uchuvchi avtomobil"larni sinov tarigasida ommaviy ishlab chiqara boshladi.