AsosiyJamiyat

Prezident Administratsiyasi vakillari Xorazmda bo‘ldi

Mahallada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari ham o‘tkazildi.

'Prezident Administratsiyasi vakillari Xorazmda bo‘ldi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Administratsiyasi hamda Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari eng chekka, ijtimoiy-iqtisodiy holati og‘ir hududlarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda joylarda qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha faoliyatini davom ettirmoqda.

Xususan, Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosariXalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh vakillarining navbatdagi manzili Xorazm viloyati Xiva tumani bo‘ldi.

Prezident administratsiyasi boshchiligida Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar hamda o‘rganishlar natijasi asosida bir qator ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, kerakli yordamlar ko‘rsatildi.

Misol uchun, “Istiqlol” mahallasida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi, boquvchisini yo‘qotgan murojjatchi Dilnoza Xudayorova xonadoniga borilib, unga o‘zini-o‘zi ish bilan band qilishi hamda oilasiga qo‘shimcha daromad keltirishi maqsadida tikuv mashinasi va kerakli anjomlar topshirildi.

Bundan tashqari, mahalladagi nuroniylarbilan iliq suhbat qurilib, aholini qiynayotgan muammolari tinglandi va ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy ishlar rejalari belgilab olindi.

Shu yerning o‘zida mahalla yettiligi a’zolari bilan keng muhokamalar o‘tkazilib, joylardaishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishdaPrezidentimiz belgilab bergan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni qat’iy tashkillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi, mas’ullar belgilandi.

Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh “Istiqlol” mahallasida qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va obodonlashtirish ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Mahallada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari ham o‘tkazildi.

Shuningdek, keksa yoshdagi nuroniylar duosi bilan xayrli va savobli ishlarni davom qildirgan holda, homiylar tomonidan qurbonlik qilinib, mahallada kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga tarqatildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etadi.

 

    Boshqa yangiliklar