AsosiyDunyo

Janubiy Koreya prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi

Hozirda u tergov qilinmoqda.

'Janubiy Koreya prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning korrupsiyaga qarshi kurash organi Prezident Yun Sok Yolni fitnaga aloqadorlikda ayblab, hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi. 

Prokuratura avvalroq davlat rahbariga ushbu ish bo‘yicha gumondor maqomini bergandi. Janubiy Koreyaning korrupsiyaga qarshi tergov departamenti Yun Sok Yolni fitna surishtiruvi doirasida hibsga olishga ruxsat berdi. 

"Gumonlanuvchining lovozimidan qat’i nazar, qonuniy choralar ko‘rilishi kerak", deyiladi xabarda.

Qolaversa, milliy politsiya ham Prezidentni o‘tgan haftada mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga urinishini vatanga xiyonatda ayblab, so‘roq qilish imkoniyatini istisno qilmagan.

“Hozirda Yun Sok Yolga chetga chiqishni taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, degan hukumat vakillari.
"Davlat rahbari harbiy holat e’lon qilish bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergov ostida. Shuningdek, politsiya Yun Sok Yolni so‘roqqa chaqirish ehtimolini ham istisno qilmayapti. Prezidentga qarshi ish bilan 150 ta tergovchi shug‘ullanyapti", deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar