AsosiyJamiyat

Toshkentda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

AI-92 va AI-95 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

'Toshkentda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarilishi oldi olindi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “S.G.O.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92 va AI-95-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘ldi.

Bu kabi holat Shayxontohur tumanida joylashgan “E.O.P.” MCHJga qarashli AYOQSHda ham aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

    Boshqa yangiliklar