Unda robotlar virtual texnologiyalar yordamida inson harakatlarini takrorlab, turli ishlarni bajarishni o‘rganmoqda.
Laboratoriyada robotlar xuddi sinfdagi o‘quvchilar kabi tayyorgarlikdan o‘tadi. Muhandislar VR-ko‘zoynak va maxsus kontrollerlar orqali robotlarni masofadan boshqarib, ularga qahva tayyorlash, uy ishlarini bajarish, buyumlarni ko‘tarish va saralash kabi vazifalarni bajarishni ko‘rsatadi.
Mutaxassislar bu jarayonda robot harakatlari haqida katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plamoqda. Instruktorlarning harakatlari robotlar tomonidan takrorlanadi va olingan ma’lumotlar keyinchalik bulutli serverlarda tahli qilinib, robotlarning ta’lim tizimiga kiritiladi.
Loyiha ustida ishlayotgan mutaxassis Syu Syunbinning aytishicha, robotning yangi vazifani o‘rganishini kuzatish xuddi bolani tarbiyalab, uning o‘sib borayotganini ko‘rishga o‘xshaydi.






