Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2003 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Nexia-3” avtomobili Chilonzor tumanidagi “Erkin” YPH maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashina salonidan sof og‘irligi 4 kg 811 gramm bo‘lgan “Alfa PVP” sintetik narkotik moddasi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Shuningdek, Andijon viloyati Marhamat tumani hududida o‘tgan tezkor tadbirda davlat chegarasi orqali uloqtirilgan qutini qabul qilib olgan ikki nafar mahalliy fuqaro uslandi. Quti ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 9 988 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu holat bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.






