25 oktyabr kuni “Debat xoll”dagi so‘nggi teledebat ham xalqaro tajribalarga mos tarzda o‘tkazildi va unda bolalarni himoya qilish mavzusialohida tilga olindi.
Xususan, “Adolat” partiyasi spikeri G.Agzamova, maktablarda bolalarga stomatologiya xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash taklifini bildirib o‘tdi. Ekopartiya vakili N.Inoyatovaesa bolalar sog‘lig‘iga salbiy ta’sirini inobatga olgan holda, 21 yoshdan kichik shaxslarga energetik ichimliklarni sotishni taqiqlash taklifini ilgari surdi.
O‘zLiDeP spikeri Sh. Xolmaxmatova bolalar markazlarini yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda maktablardagi psixologlar sonini oshirish, bu orqali bolalardagi psixologik muammolarni erta aniqlash va oldini olish mumkinligi haqida gapirib o‘tildi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, XDP Spikeri S. Imomova tomonidan mazkur taklif tanqid qilindi va davlat dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va oilalarning ijtimoiy muammolariga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
MTDP vakili talaba onalarning farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalari huzurida maxsus bolalar xonalari yoki bog‘chalar tashkil etish tashabbusini bildirdi.
Alohida ta’kidlash kerak, so‘nggi debat ham o‘ta qiziqarli bo‘lib, qizg‘in bahs-munozaralari bilan yodda qoldi, unda har bir partiya spikeri ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘z yondashuvini taklif qildi. Ayol spikerlarning ishonchli chiqishlari bolalarning holatini, ijtimoiy himoyasini yaxshilash uchun kurashga tayyorligini ko‘rsatdi.
E’tirof etish joiz, debatda ayol nomzodlar o‘zining o‘ta faolligi, vazminligi, keng dunyoqarashi, shijoatkorligi, hozirjavobgarligi bilan alohida ajralib turishdi. Qolaversa, boshqa partiya spikerlariga o‘zlari tomonidan berilgan ba’zi savollarga javoblardan qoniqish hosil qilmasdan, o‘z pozitsiyalarini ham aniq bildirib o‘tishdi.
Yuqori darajada o‘tkazilgan debatlar formati turli yondashuvlarni muhokama qilish imkonini berdi va bu muhokama tomoshabinlar uchun haqiqiy ma’noda qiziqarli bo‘ldi.