AsosiyJamiyat

Sirdaryo va Namanganda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganlar fosh qilindi

Hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

'Sirdaryo va Namanganda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganlar fosh qilindi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgazta’minot” AJ  bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “M.G.” MCHJda gaz hisoblagichiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilib, 223,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Bu kabi holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani “Qurama” MFYda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.O.”ga qarashli issiqxona qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm poliyetilen quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 3,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonlik bokschi qizlar Osiyo chempionatini to‘qqizta medal bilan yakunlashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:19

    O‘zbekistonlik bokschi qizlar Osiyo chempionatini to‘qqizta medal bilan yakunlashdi

    Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar yakunlandi.

    'Prezident Toshkent viloyatida yerdan foydalanishda imkoniyatlar ishga solinmayotganligini tanqid qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:48

    Prezident Toshkent viloyatida yerdan foydalanishda imkoniyatlar ishga solinmayotganligini tanqid qildi

    Bekobod va Ohangaron shaharlari, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Piskent tumanlarida qayta ishlash darajasi juda pastligi ta’kidlandi.

    'Qibrayda yirik yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:34

    Qibrayda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    Hodisaga 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi.

    'Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik benzin hajmi ikki barobar oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:33

    Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik benzin hajmi ikki barobar oshiriladi

    Gaz zapravkalar faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov sabab shunday qarorga kelindi.

    'Gaz zapravkalari faoliyatiga cheklovlar kiritiladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2024 21:17

    Gaz zapravkalari faoliyatiga cheklovlar kiritiladi

    Energetika vazirligi cheklovlar qisqa muddatga o‘rnatilganligini ma’lum qilmoqda.