AsosiyJamiyat

Bangladesh elchisi: O`zbek jurnalistlaridan o`rnak olsa arziydi

Poytaxtning “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida ish boshlagan “PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubi o`z ishini davom ettirmoqda. Press-klub xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy va mahalliy OAVlar, davlat tashkilotlari vakillarini bir maydonga jamladi.

Mosud Mannon, Bangladesh xalq Respublikasi elchisi: 

—  Bu tadbirni yoritish katta e`tibor talab etadi. Nafaqat elektron OAV, balki bosma davriy nashrlar va onlayn jurnalistikada ham mazkur tadbir bilan hamqadam bo`lish imkrniyati bor. O`zbekistonlik  jurnalistlar faoliyati haqida gapiradigan bo`lsak, ularning malakasi, yuqori mahorati, bir so`z bilan aytganda zamonaviyligi ko`rinib turibdi. Mamlakatingiz jurnalistlaridagi faollikdan o`rnak olsa arziydi, deb o`ylayman. Ular bilan muloqot menda iliq taassurot qoldirdi.

Boshqa yangiliklar