AsosiyJamiyat

Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

Mazkur tartib qanday munosabatlarni tartibga soladi?

'Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktyabrda “Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 652-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalar taqsimlash elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish orqali barcha ishtirokchilarga teng shart-sharoitlar yaratish, taqsimlash tizimini xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiya qilish va uni rivojlantirish, yakuniy iste’molchilar elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash, uzilishlarni oldini olish hamda elektr energiyasi sifatini ta’minlash, iste’molchilarning talabiga javob beradigan elektr energiyasini yetkazib berishdagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qoidalar tarmoqqa ulanishga nisbatan qo‘llaniladigan qoidalar, tizimni tartiblashtirish bo‘yicha zarur shartlar va tartib-taomillarni, kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini taqsimlash tizimiga integratsiya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni hamda favqulodda vaziyatlarda tizim ishonchliligini ta’minlash mezonlarini belgilaydi.

Shuningdek, tizimda aqlli tarmoqlar va zamonaviy infratuzilmani yaratish uchun yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish yuzasidan umumiy talablarni o‘rnatadi.

Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar