AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Ushbu faxriy nishon mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun berildi.

'Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni bilan taqdirlandi'ning rasmi

Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umumiy yutuqlarining e’tirofi ekanini ta’kidladi.

  • Siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bugun Markaziy Osiyo qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va barqaror taraqqiyot makoniga aylanmoqda, - dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.

Muvofiqlashtirilgan faoliyat natijasida tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi bir necha barobar ko‘paydi, keng ko‘lamli hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda, chegaraoldi savdo hududlari, qo‘shilgan qiymat zanjirlari, zamonaviy transport va energetika infratuzilmasi barpo etilmoqda.

Birdamlik va mintaqaviy o‘ziga xoslik tuyg‘usi tobora mustahkamlanib bormoqda. Eng muhimi, ushbu ijobiy o‘zgarishlarni mintaqa mamlakatlari fuqarolari o‘z kundalik hayotida his qilmoqda.

Xalqaro subyektlikning mustahkamlanishi va mintaqaning yuqori jozibadorligi tufayli Markaziy Osiyo iqtisodiy faollik markaziga, Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni bog‘lovchi transport-kommunikatsiya ko‘prigiga aylanayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari muhim tashabbus va qarorlarning tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida mintaqa mamlakatlarining yaqinlashuv jarayoni barqaror, izchil va ortga qaytmas tus olganini alohida ta’kidladi.

Yakunda Shavkat Mirziyoyev yetakchilarga yuksak mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Markaziy Osiyoni tinch va farovon hududga aylantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Boshqa yangiliklar

'Mirziyoyev "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining biznes forumida ishtirok etdi'ning rasmi

Siyosat Bugun 10:36

Mirziyoyev "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining biznes forumida ishtirok etdi

Forumda qo‘shma iqtisodiy loyihalar taqdimot qilindi.

''ning rasmi

Siyosat Bugun 08:49

'Mirziyoyev Yaponiyaning JOGMEC va ITOCHU bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

Siyosat 19.12.2025 17:13

Mirziyoyev Yaponiyaning JOGMEC va ITOCHU bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU Corporation” kompaniyalari rahbarlarini qabul qilib, tog‘-kon, sanoat va infratuzilma sohalaridagi qo‘shma loyihalar istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

''ning rasmi

Siyosat 19.12.2025 12:38

'Prezident Yaponiyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi'ning rasmi

Siyosat 18.12.2025 19:43

Prezident Yaponiyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Токиода яшаётган ва ишлаётган ўзбекистонликлар билан самимий мулоқот бўлиб ўтди.