AsosiyJamiyat

Namanganda sel vaqtida 2 qizni devor bosib qoldi

'Namanganda sel vaqtida 2 qizni devor bosib qoldi'ning rasmi

Namangan viloyati Chust tumanida 17 iyun kuni kuzatilgan sel oqibatida devor qulab, 2 qizni bosib qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, qizlarning biri vafot etgan.

Qayd etilishicha, soat 16:00 da tumanning “Toymosobod”MFY Kamarbasta ko`chasida qizlar — 14 yoshli Z.Yu. va 16 yoshli K.Yu. darvozaxonaga kirayotgan yomg`ir suvini to`sish maqsadida devor oldiga borgan. Shu vaqtda uy devori tag qismi bilan ularning ustiga qulab tushgan.14 yoshli Z.Yu. voqea joyida halok bo`lgan, K.Yu. esa jarohat olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Marhumada qo`shma shikastlar, kalla miya, bo`yin, ko`krak qafasi, qorin, chanoq shikastlari borligi, kalla gumbaz, peshana tepa, o`ng chakka suyak siniqlari kalla asosiga o`tishi, miya majag`lanishi, bo`yin va ko`krak umurtqalari ko`plab sinishi, chap tomondan ko`plab qovurg`alar sinishi, o`pkalar va yurakning ko`krak qafasidan pastga chiqib qolishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Shuningdek, jarohat olgan K.Yu.ning tanasida qo`shma shikast, chanoq suyaklari, o`ng boldir suyaklari siljigan sinishi, tananing ko`plab shilinmalari borligi, holati esa og`ir ekani ko`rsatilgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar