"Uzbekistan Airways Express" aviaqatnovlari uchun bepul qo`l yukini tashish me`yorini oshirdi. "Uzbekistan Airways" xabar berdi.
Endi oldingi 5 kg o`rniga 8 kg qo`l yuki bilan sayohat qilishz mumkin.
Ushbu aviaqatnovlarda bagajni tashish shartlari o`zgarmagan va bagajni tashish huquqiga ega tariflar bo`yicha aviachipta xarid qilgan yo`lovchilar uchun 1 ta joyga ruxsat beriladi:
- Kattalar va 2 yoshdan katta bo`lgan bolalar uchun – 23 kg dan oshmasligi kerak (158 sm);
- 2 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun – 5 kg dan oshmasligi kerak (115 sm).






