To`rt nafar hindistonlik talaba Rossiyaning Volxov daryosida cho`kib ketdi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Talabalar Novgorod davlat universitetida tibbiyot yo`nalishida tahsil olayotgan bo`lgan. Ular Hindistonning g`arbiy Maharashtra shtati, Jalgaon tumanidan Rossiyaga kelgan.
Cho`milish maqsadida daryo bo`yiga borgan 5 talabaning 1 nafari yaqin atrofdagi fuqarolar tomonidan qutqarilgan. 2 talabaning jasadi suvdan olib chiqilgan. Yana ikki talaba bedarak yo`qolgan deb e`lon qilingan.
Hindiston ommaviy axborot vositalarining xabariga ko`ra, talabalar 18 yoshdan 20 yoshgacha bo`lganliklari aytilmoqda.
"Sankt-Peterburgdagi Konsullik o`lik qoldiqlarni repatriasiya qilish uchun mahalliy hokimiyat bilan muvofiqlashtirmoqda", – deyiladi bayonotda.






