AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayrim issiqxona va sanoat korxonalariga gaz etkazib berish to`xtatiladi

'O`zbekistonda ayrim issiqxona va sanoat korxonalariga gaz etkazib berish to`xtatiladi'ning rasmi

Prezidentning "Toshkent shahri va uning atrofidagi issiqxonalar va sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan tutun va zaharli gazlarni keskin kamaytirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Toshkent shahri va uning atrofida joylashgan issiqxona xo`jaliklari, sanoat korxonalarga qator talablar yuklanmoqda.

Xususan, tabiiy gazdan yonilg`i sifatida foydalanuvchi issiqxona xo`jaliklari va sanoat korxonalarining ekologiya ekspertiza xulosasi mavjud bo`lmagan taqdirda ularga tabiiy gaz etkazib berilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanganda yoki gaz hisoblagichlardan tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga iste`molchining aybi bilan onlayn ravishda ma`lumotlar uzatilishini to`xtatish holatlari aniqlanganda, ushbu iste`molchilar bilan tabiiy gaz etkazib berish bo`yicha tuzilgan shartnomalar bekor qilinishi va bir yil muddatda shartnomalarni qayta tiklash taqiqlanishi belgilanmoqda.

Shunday tartib o`rnatiladiki, unga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Toshkent, Qibray, Yuqorichirchiq va Zangiota tumanlarida 2024 yil 1 iyuldan boshlab:

  • Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo`lmagan issiqxona xo`jaliklari va sanoat korxonalarini moliyalashtirish va ularga kredit ajratmaslik tavsiya etiladi;
  • Toshkent shahri va uning atrofidagi sanitariya himoya mintaqasida (rejimli ob`ektlar atrofida) qo`shimcha issiqxona va atmosfera havosini ifloslantiruvchi korxonalar barpo qilinishi to`xtatiladi;
  • mulkchilik shaklidan qat`iy nazar issiqxonalarda yaroqsiz shinalar, bitum, plyonka, plyonkali-sintetik karton, rezina, jun tolasi kabi chiqindilardan yoqilg`i sifatida foydalanish taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar