O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida, qolgan hududlarida kun davomida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-16° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.






