Rossiya Jamoatchilik palatasi Davlat Dumasining terrorizm uchun o`lim jazosini joriy etish taklifini ko`rib chiqishga tayyor, dedi Davlat Dumasining “Yagona Rossiya” partiyasi deputati Aleksandr Spiridonov.
“Himoyasiz odamlarga qarshi terrorizm eng jirkanch va qabih jinoyatdir. Bunday odamga rahm-shafqat va kechirim bo`lishi mumkin emas. Ularning aybini har qanday muddatga, hatto bir umrga ham kechirib bo`lmaydi. Men Jinoyat kodeksiga moratoriyni bekor qilish va terrorizm uchun o`lim jazosini kiritish masalasini ko`rib chiqishga qaytishga arziydi, deb hisoblayman”, — dedi deputat.
Spiridonovning aytishicha, o`lim jazosiga qo`yilgan moratoriyni bekor qilish bo`yicha ishlarni hakamlar hay`ati sudlovlarini shakllantirishdan boshlash kerak. U terrorizmni o`lim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar qatoriga kiritishni qo`llab-quvvatlashini ma`lum qilgan. Uning fikricha, bunday jinoyatlarda adolasizlik xavfi haqida gapirishning hojati yo`q.
Davlat Dumasi spikeri Volodin ham Rossiyaga o`lim jazosini qaytarish uchun referendum kerak emasligi, Konstitusiyaviy sudning qarori etarli ekanligini aytgan.






