Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Namanganda mavjud salohiyat to`liq ishga solinmayotgani uchun mas`ul komplekslar va viloyatdagi rahbarlar tanqid qilindi.
Yurtimizda qazib olinayotgan oltinni atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yo`g`i 78 million dollarlik eksport bo`layotgani qayd etildi.
Prezident kecha tanishgan zargarlik korxonasini misol qilib, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun juda katta salohiyat borligini ta`kidladi.
Shu bois, tadbirkorlar uchun alohida sharoitlarga ega zargarlik zonalari tashkil qilinadi. Sohaga xomashyo etkazish, mutaxassis tayyorlash, ishlab chiqarish zanjiri va sotish tizimi butunlay qayta ko`rib chiqiladi.
Mutasaddilarga Turkiya tajribasi asosida Namanganda oltinni qayta ishlash va sotish bo`yicha yirik markazni ishga tushirish topshirildi.






