AsosiyJamiyat

Navro`z saylida gaz portlashidan jabrlanganlarga moddiy yordam ajratildi

'Navro`z saylida gaz portlashidan jabrlanganlarga moddiy yordam ajratildi'ning rasmi

2024 yil 18 mart kuni soat Ko`kdala tumani “Tuqmor” kishlogidagi ochik dala maydonida bo`lib o`tayotgan Navro`z bayrami tadbirida o`choqqa yaqin 25 litrli gaz ballon portlab ketgani xabar qilingan edi.

Tuman hokimining 20 martdagi tegishli qarori bilan gaz balloni portlashidan jabrlangan 26 nafar fuqaroga moddiy yordam beriladi.

Qayd etilishicha, moddiy yordam tuman mahalliy byudjetining 2024 yil boshidagi erkin qoldiq mablag`lari hisobidan ajratilgan. Moddiy yordam miqdori 62 mln so`mni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar