Bugun, 22 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:08 Xitoy-Qirg`iziston chegarasida zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmik monitoring markazi ma`lumot berdi.
Magnituda 7=6. Chuqurligi 15 km. Zilzila o`chog`idan Toshkentgacha bo`lgan masofa janubiy-sharqdan 862 km.
O`zbekiston hududidagi silkinishlar kuchi:
— Andijon viloyatida 3-4 ball, 602 km.
— Farg`ona viloyatida 3-4 ball, 656 km.
— Namangan viloyatida 3-4 ball, 657 km.
— Toshkent shahrida 3 ball, 862 km.






