AsosiyJamiyat

Farzandlaridan qochib yurgan qidiruvdagi namanganlik "ota"lar qo`lga olindi

'Farzandlaridan qochib yurgan qidiruvdagi namanganlik "ota"lar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi idoralarida voyaga etmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aliment bilan bog`liq hujjatlari ijrosini ta`minlash borasida kunlik targ`ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Byuroning Namangan viloyati boshqarmasining Mingbuloq tumani bo`limi tomonidan qasddan aliment to`lamay yashirinib yurgan qarzdorlarni topish yuzasidan ham tegishli choralar ko`rilmoqda. Yaqinda, olib borilgan qidiruv tadbirlar davomida uch nafar farzandining moddiy ta`minlashdan qochib yurgan qarzdorlar ushlanib, ularga nisbatan ma`muriy javobgarlik belgilandi.  

Aniqlanishicha, fuqaro A.A. turmush o`rtog`i M.N. bilan ajrashadi. 2022 yilda sudning qarori bilan uch nafar voyaga etmagan bolasi uchun har oyda topgan daromadidan 1/2 miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati MIB tuman bo`limi ish yurituviga olingan va ijro harakatlari qo`llanilgan.  

Biroq, olib borilgan ijro harakatlari, tushuntirish va ogohlantirishlarga qaramay qarzdor ota voyaga etmagan farzandlari uchun aliment pullarini qasddan to`lamay kelgan. Buning oqibatida qarzdorlik 45,7 million so`mga etgan. E`lon qilingan qidiruv yuzasidan bajarilgan tadbir natijasida ushbu qarzdor topilib, unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.  

Yana bir fuqaro H.K. dan undiruvchi M.A. foydasiga bir nafar bolasi uchun aliment to`lash belgilangan. MIB tomonidan amalga oshirilgan tadbir davomida u ham ushlanib, unga ham jinoyat ishlari bo`yicha Mingbuloq tumani sudi tomonidan 15 sutkalik ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.  

 

    Boshqa yangiliklar