O`zbekiston mahallalar uyushmasining bir qator boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi.
Mahmudxo`jaev Furqat Sidiqxo`jaevich O`zbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`i, Shuhrat Xoshimov Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig`i, Ilhomjon Ikromov Namangan viloyati boshqarmasi boshlig`i, Mahamadjon Nishanov Andijon viloyati boshqarmasi boshlig`i , Adham Ziyavitdinov Farg`ona viloyati boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.





Eslatib o`tamiz, O`zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga Quronboev Qahramon Qo`chqorovich saylangan edi. Ushbu lavozimga qadar u O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari bo`lib faoliyat yuritayotgan edi.






