O`zbekistonda stasionar kasalliklarning 80 foizini tuman/shahar darajasidagi shifoxonalarda bepul davolashni ta`minlash rejalashtirilmoqda. Bu - “Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo`ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.
Qayd etilishicha, stasionar muassasalarning darajalariga ko`ra klinik xarajat guruhlarini ishlab chiqish va tasdiqlash ko`zda tutilmoqda.
Shuningdek, respublika, viloyat va tuman darajasidagi shifoxonalarda klinik xarajat guruhlariga ko`ra tibbiy xizmatlar tashkil etiladi.
Tuman/shahar darajasidagi shifoxonalarda kafolatlangan paket doirasidagi tibbiy yordam hajmini, jumladan, dori-darmon va shifoli ovqatlanish kabilarni to`liq bepul o`tkazishni tashkil etish ham mo`ljallanmoqda.






