AsosiyJamiyat

Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to`lagan pullari daromad solig`idan ozod qilinadi

'Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to`lagan pullari daromad solig`idan ozod qilinadi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ-891-son, 28.12.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi

Bojxona kodeksiga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, to`lanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog`liq bo`lmagan bojxona yig`imlarini bojxona hududida to`lash belgilandi.

Soliq kodeksiga soliq hisobotlarini 3 yil but saqlashga oid o`zgartirish kiritildi (ilgari 5 yil edi).

Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini o`tkazish taqiqlandi (qo`shilgan qiymat solig`ining o`rnini qoplash (qaytarish) maqsadida o`tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno):

- soliq to`lovchi hududiga kirish;
- soliq to`lovchi hududi va binolarini ko`zdan kechirish;
- soliq to`lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
- soliq to`lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo`yish.

Endilikda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 3 yil ichida javobgarlik masalasi ko`rib chiqilishi kerak, 3 yildan keyin shaxs huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas (ilgari 5 yil edi).

Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta`lim tashkilotlarida o`qishi uchun to`lagan pullari daromad solig`idan ozod qilinadi.

Ilgari faqat 26 yoshgacha bo`lgan farzandlar uchun to`langan pullardan daromad solig`i olinmagan.

Quyidagilarga qo`llaniladigan soliq imtiyozlari 2028 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi:

- O`zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo`lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo`yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`idan ozod qilinadi;

- O`zbekistonning norezidentlari bo`lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo`yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig`i bo`yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo`llaniladi;

- O`zbekistonning rezidentlari va norezidentlari bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo`jalik jamiyatlari obligasiyalari bo`yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`idan hamda foyda solig`idan ozod etiladi.

Ushbu Qonun 2024 yil 1 yanvardan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar