AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva Prezident Administrasiyasida “Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g`oliblari bilan uchrashdi

'Saida Mirziyoeva Prezident Administrasiyasida “Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g`oliblari bilan uchrashdi'ning rasmi

Bu haqda Mirziyoevaning o`zi ma`lum qildi.

“Prezidentimiz tashabbusi bilan o`tkazilgan “Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktab” tanlovi — ta`lim islohotidagi qaldirg`och loyihalarimizdan biridir. Bu, shuningdek, maktab o`quvchilari o`zini namoyon qilishi uchun ajoyib imkoniyat va astoydil o`qib bilim olishi uchun rag`bat hamdir.

Ushbu tanlovda 6885 ta maktab va 7–9-sinflarning 35 mingga yaqin o`quvchilari ishtirok etdi. G`olib jamoalar pul mukofotlariga ega bo`ldi va 70 nafar finalchi 14 nafar o`qituvchi hamrohligida Buyuk Britaniyada bo`lib qaytdi, ular u erda bir hafta mobaynida nufuzli ingliz maktablarining o`quvchilari sifatida dars va mashg`ulotlarda qatnashishdi. Shuningdek, ular London, Oksford va Kembrij shaharlari bilan ham tanishishdi. O`qituvchilar esa ingliz tilini o`qitishning eng ilg`or metodikalarini o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Bugun biz tanlov va fan olimpiadalari g`oliblari bilan Prezident Administrasiyasida uchrashdik, men ularga mamnuniyat bilan Administrasiya ish faoliyati haqida tushuncha berib, ekskursiya uyushtirdim. Bolalar aqlli va qiziquvchan. Ko`ngli ochiq va to`g`riso`z. Ular bizning kelajagimiz.

Har biringiz — davlatimizning boyligi, biz sizlarning bilimga intilishingizni qo`llab-quvvatlashga va rag`batlantirishga tayyormiz. Chunki farzandlarimiz muvaffaqiyat eshiklarini nafaqat o`zlari uchun ochadilar. Balki hammamiz uchun, butun mamlakat uchun!” - deya yozib qoldirgan Saida Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar