“2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Farmonga ko`ra, 2024 yilda quyidagi qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat`i nazar):
22 mart – juma;
11 aprel – payshanba;
18 iyun – seshanba;
3 sentyabr – seshanba;
31 dekabr – seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
2 yanvar – seshanba;
23 mart – shanba;
12 aprel – juma;
31 avgust – shanba;
30 dekabr – dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko`chiriladi:
6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;
13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;
14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.






