Farg`ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli reyslarga cheklovlar yaratildi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, parvozlar xavfsizligini ta`minlash maqsadida HY9801/9802 Namangan – Perm – Namangan, HY9805/9806 Namangan – Samara – Namangan yo`nalishlari o`zgartirilgan jadval bo`yicha Toshkent xalqaro aeroportigada amalga oshiriladi.
HY9801/9802 aviaqatnovlari, Toshkent - Perm - Toshkent yo`nalishi bo`yicha:
Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 9:00;
Permga uchib kelish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da;
Permdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 15:00 da;
Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 18:10 da.
HY9805/9806 aviaqatnovlari, Toshkent - Samara - Toshkent yo`nalishi bo`yicha:
Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 19:35;
Samaraga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 23:05 da;
Samaradan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 01:05 (ertasi kun);
Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 04:30 (ertasi kuni).
Qayd etilishicha, yuqoridagi reyslar yo`lovchilariga reyslarni ro`yxatdan o`tish vaqtidan ertaroq Toshkentga mustaqil ravishda etib ketishlari tavsiya etiladi. Rossiya shaharlaridan yuqorida ko`rsatilgan reyslar bo`yicha sayohat qilayotgan yo`lovchilar Toshkent aeroportiga etib kelganlarida mustaqil ravishda muqobil transportda Namanganga borishlari tavsiya etiladi.
Reyslar vaqti o`zgartirilgan yo`lovchilar uchun, jarima to`lovlarisiz chiptalarni keyingi uchish sanalariga qayta bron qilish yoki chipta uchun to`langan pul miqdori to`liq qaytarib olish huquqiga ega.






