AsosiyJamiyat

"O`zkimyosanoat" tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

'"O`zkimyosanoat" tizimida tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

"O`zkimyosanoat" tizimida tayinlovlar amalga oshirildi. 

Evgeniy Korjikov "O`zkimyosanoat" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan Evgeniy Korjikov" O`zkimyosanoat" AJ Boshqaruvi raisining investisiyalar va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Akbar Kurbanov "O`zkimyosanoat" AJ Boshqaruvi raisining investisiyalar va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tamiz, tayinlovga qadar Akbar Kurbanov «O`zkimyosanoat» AJning Investisiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar