AsosiyJamiyat

2024 yildan boshlab ma`naviy-ma`rifiy ishlar uchun har yili 100 milliard so`mdan mablag` ajratiladi

'2024 yildan boshlab ma`naviy-ma`rifiy ishlar uchun har yili 100 milliard so`mdan mablag` ajratiladi'ning rasmi

Avvalroq xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoev Respublika ma`naviyat va ma`rifat kengashining kengaytirilgan yig`ilishini o`tkazmoqda.

Dunyo miqyosidagi iqtisodiy inqiroz va pandemiya ta`siriga qaramasdan, ma`naviy-ma`rifiy ishlarni kuchaytirish bo`yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish uchun 2024 yildan boshlab har yili 100 milliard so`mdan mablag` ajratiladi.

Madaniyat, adabiyot va san`at, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo`yicha ham katta ishlar amalga oshirildi.

Maqom, Baxshichilik va Askiya san`ati markazlari tashkil etildi. Shuningdek, “Bahor” raqs ansambli, Davlat filarmoniyasi, Davlat simfonik orkestri kabi 20 dan ortiq muassasalar faoliyati yo`lga qo`yildi.

O`tgan davrda 11 ta yangi muzey, 2 ta teatr, 28 ta bolalar musiqa va san`at maktabi, 5 ta oliygoh, jumladan, yangi avlod jurnalistlarini tayyorlashda O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar