Pragadagi otishma qurbonlari soni 15 kishidan oshdi. Bu haqda Chexiya polisiyasi rahbari ma`lum qildi.
Praga meri polisiyadan qochishga uringan otishmachi o`z joniga qasd qilganini aytgan. Otishma noma`lum sabablarga ko`ra payshanba kuni tushdan keyin boshlangan. Talabalar o`qlardan partalar va to`siqlar ostida yashiringan. Bir qiz tokchaga yashirindi, lekin yiqilib vafot etdi.
Binodan barcha talabalar evakuasiya qilingan, yaradorlar shifoxonalarga etkazilgan. Polisiya voqea sodir bo`lgan hududni o`rab olgan.
Hozirda polisiya voqea yuzasidan tergov olib borayotgani va tergov jarayoni haqida jamoatchilik xabardor qilinishi aytildi.






