AsosiyJamiyat

“Qaynoq chegirma"li tovarlarni sotib olishda ogoh bo`lishga chaqirildi

'“Qaynoq chegirma"li tovarlarni sotib olishda ogoh bo`lishga chaqirildi'ning rasmi

So`nggi kunlarda internet, ijtimoiy tarmoqlarda aksiyalar, tovarlarning kelishilgan miqdorini sotib olish sharti bilan taqdim etiladigan chegirmalar, mavsumiy chegirmalar tashkil qilinganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunda ko`pincha muayyan holatga chegirmalar (kompaniyaning yilligi, milliy bayram va boshqalar) keng qo`llaniladi.

Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, ayrim yirik savdo tarmoqlari foyda olish maqsadida ko`pincha xaridorlar bilan turli xil manipulyasiyalarga kirishishi, masalan, dastlab taklif qilinadigan tovarlarning narxlari iloji boricha haddan tashqari oshirib yuborilishi, so`ngra ularning narxi haqiqiy narxigacha tushirilishi mumkin. Bunda xaridorlar tomonidan chegirmali tovarlarni xarid qilish orqali ularda foydali xarid hayolini/illyuziyasini keltirib chiqarishi mumkin.

Odatda ko`pincha, bayramlar oldidan yirik savdo markazlari va do`konlar tovar narxlarini keskin ko`tarishi, keyin esa chegirmalar e`lon qilish orqali go`yoki, tovar narxlarini keskin tushirilganligi to`g`risida reklamalar beriladi,  haqiqatda esa chegirmadagi tovar narxi eski narxdagi holatiga qaytarib, go`yoki 20-30% chegirmalar qo`llanilgandek taqdim etiladi.

"Qo`mita o`z navbatida, tovarlarni, mahsulotlarni chegirma bilan sotish holatlariga e`tiborliroq bo`lish, tovarlarni sotib olishdan oldin uning sifati va nuqsonsiz ekanlignini tekshirishni unutmaslika chaqiradi.

O`zbekiston Respublikasi “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste`molchiga o`zi realizasiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o`z vaqtida zarur, to`g`ri va tushunarli ma`lumot berishi shartligi belgilangan.

O`zbekiston Respublikasida reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish bilan bog`liq munosabatlar “Reklama to`g`risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Mazkur Qonunning 16-moddasiga ko`ra, nomaqbul (noto`g`ri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek ushbu Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama) reklama taqiqlangan.

Hurmatli iste`molchilar, Sizdan tovarlarlarni chegirma bilan xarid qilishda to`siq va muammolar yoki noto`g`ri va ishonchsiz reklamalarni tarqatish holatlari kuzatilgan taqdirda Qo`mita ishonch raqami orqali (1159) murojaat qilishingiz so`raladi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar