AsosiyDunyo

Moskvada Yangi yil va Rojdestvo bayramlari uchun salyut otilmaydi

'Moskvada Yangi yil va Rojdestvo bayramlari uchun salyut otilmaydi'ning rasmi

“RIA Novosti” agentligi Moskva hukumatidagi manbaga tayanib, Moskvada Yangi yil va Rojdestvo bayramlarida salyutlar o`tkazilmasligini yozmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva mintaqaviy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti boshlig`i o`rinbosari Kirill Malishkin imzolagan hujjatning bir qismi surati chop etildi.

“Yangi 2024 yilning asosiy tadbirlari va Isoning tug`ilgan kunini nishonlash rejasida Moskvada ko`zda tutilmagan”, — deyiladi hujjatda. 

Moskva hukumati hozircha ma`lumotga izoh bermadi.

    Boshqa yangiliklar