Qozog`istonning Abay viloyatida 272 km uzunlikdagi Baxti-Ayag`oz yangi temir yo`l liniyasi qurilishi boshlandi. Bu haqda Qozog`iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha Prezident Qosim-Jomart Tokaevning Qozog`istonning transport-tranzit salohiyatini oshirish bo`yicha topshiriqlarini amalga oshirish doirasida amalga oshirilmoqda. Yangi liniya qurilishi davomida Xitoy bilan uchinchi Baxti – Chuguchak chegara punkti ochilishi rejalashtirilgan.
Temir yo`l 2027 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Keng ko`lamli loyiha xususiy investor ishtirokida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
– Oxirgi besh yilda tranzit konteyner tashish hajmi 3,2 barobar oshdi. Mavjud tranzit yo`laklari kengaytirilib, yangilari ochilmoqda. Transkaspiy xalqaro transport yo`nalishi, “Shimol-janub” va “Janubiy” yo`laklari alohida ahamiyat kasb etdi”, — dedi Smoilov.
Smoilovning so`zlariga ko`ra, atigi uch yil ichida respublikada 1300 km dan ortiq temir yo`l quriladi.
– Bularning barchasi nafaqat Abay viloyati, balki butun mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ushbu loyihasining amalga oshirilishi Qozog`iston temir yo`llari tarmog`ining jahon transport tizimiga integrasiyalashuvini ham tezlashtiradi, — dedi Smailov.





