Bugun soat 14:13 da vodiy viloyatlari iste`molchilarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi yuqori kuchlanishli "L-524" elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga keldi. Buning natijasida vodiy viloyatlari (Namangan, Farg`ona va Andijon)ning elektr ta`minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
"Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilyapti. Nosozlik tez orada bartaraf etilib, elektr energiyasi barqarorligi ta`minlanadi", - deyiladi xabarda.






