AsosiyJamiyat

3 ta hududda "svet"dan noqonuniy foydalanayotganlar qo`lga tushdi

'3 ta hududda "svet"dan noqonuniy foydalanayotganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.Y.” MFY hududida faoliyat yurituvchi baliqxonada hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, jami 199,4 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan. 

Shu kabi, Departamentning Andijon va Olmaliq shahar bo`limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda "Y.Sh.” MChJ mas`ul shaxslari “X.” MFY hududidagi qo`p qavatli uylarning suv nasosi va yoritgichlarini, Olmaliq shahrida esa “Ya.B.” MFY va “A.” shirkati mas`ul shaxslari suv nasosni hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 113,7 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar