AsosiyJamiyat

Senat raisi poytaxtdagi er usti piyodalar o`tish joylaridagi lift va eskalatorlar ishlamasligini tanqid qildi

'Senat raisi poytaxtdagi er usti piyodalar o`tish joylaridagi lift va eskalatorlar ishlamasligini tanqid qildi'ning rasmi

Senatorlar aholini qiynayotgan muammolarni ko`tarishda davom etib, Senatning 48-yalpi majlisida Toshkent shahri yo`llaridagi er usti piyodalar o`tish joylaridan (ko`priklar)da lift va eskalatorlar ishlamasligi tufayli piyodalar, ayniqsa keksalar, homiladorlar, yosh bolalilar hamda nogironligi bo`lgan shaxslar turli qiyinchiliklarga duch kelayotganiga to`xtaldi.

Xususan, Muqimiy (“Novza” metro bekati), Abdulla Qodiriy ko`chalaridagi ko`priklarda lift va eskalatorlar ishlamasligini, Muqimiy va Lutfiy ko`chalari kesishmasidagi 2 ta ko`prik va Shota Rustaveli ko`chasidagi ko`prikda lift yoki eskalatorning o`zi yo`qligini alohida ta`kidlandi.

Chindan ham ushbu masala dolzarb ekanligini kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ushbu masalaga oid video ham tarqaldi. Unda odamlar, ayniqsa keksalarimiz, yosh bolalilar va nogironligi bo`lgan shaxslar ko`priklardan o`tishda qiynalayotgani va tabiiyki, norozi bo`layotganini ko`rish mumkin.

Mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligi hamda Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillarining izohlari eshitildi.

Ko`priklar aholiga qulaylik yaratish uchun qurilganligi inobatga olinib, ushbu muammolarni hal etish yuzasidan Toshkent shahar hokimligi va boshqa tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklandi.

Muhokamalar davomida ushbu masala Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi nazorati ostida bo`lishi alohida ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar