Avvalroq, Samarqandda Gentra haydovchisi maktab o`quvchini urib yuborib, qochib ketgani to`g`risida xabar bergan edik.
Ma`lum qilinishicha, hodisa sodir bo`lgan vaqtda Gentra 15 yoshli yigit boshqaruvida bo`lgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB ma`lum qildi.
U onasiga tegishli mashinani so`ramasdan minib chiqqan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Uddaburon o`quvchi YTH sodir etgandan so`ng ustaxonaga borib, mashinasining shikastlangan joylarini ta`mirlatishga ham ulgurgan”, — deyiladi xabarda.






