AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bugundan qishki o`qishni ko`chirish uchun arizalar qabuli boshlandi

'O`zbekistonda bugundan qishki o`qishni ko`chirish uchun arizalar qabuli boshlandi'ning rasmi

Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o`qishni ko`chirsa bo`ladi. 

  • talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o`rtog`i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta`lim muassasasiga o`qishini ko`chirish istagidagilarga;
  • davlat organlarining xodimlari ish joyi o`zgargan taqdirda uning turmush o`rtog`i yoki voyaga etmagan farzandi o`qishini ko`chirmoqchi bo`lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

 

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20 yanvargacha taqdim etiladi:

  • o`qishni ko`chirish bo`yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to`ldiriladi);
  • talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma`lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo`lsa etarli);
  • pasport nusxasi;
  • yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

 

    Boshqa yangiliklar