AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 4 yoshli bola yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo`ldi

'Surxondaryoda 4 yoshli bola yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo`ldi'ning rasmi

Yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tayotgan bolakay YTH natijasida halok bo`ldi.

Surxondaryo viloyati IIB YHXB xabariga ko`ra, mazkur holat joriy yilning 4 dekabr kuni Boysun tumanidan o`tgan yo`lda sodir bo`lgan. 45-sonli maktabning 2-sinf o`quvchisi 4 yoshli ukasini bog`chadan olib kelayotib, yo`lning belgilanmagan joyidan ya`ni, beton ustidan o`tqazib qo`ygan. Bola opasini kutmasdan yo`ldan yugurib o`tayotgan vaqtida, shu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi bolani urib yuborgan. Natijada, bola vafot etgan.

Hodisa joyi o`rganilganda yo`l tekisligi, yo`l belgilari yotiq chiziqlar bilan ajratilgani va piyodalar o`tish joyi ham mavjudligi aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar