AsosiyJamiyat

Buxoroda fuqarolar YPX xodimini qoidani buzganlikda ayblab, videosini tarqatdi (video)

'Buxoroda fuqarolar YPX xodimini qoidani buzganlikda ayblab, videosini tarqatdi (video)'ning rasmi

Buxoroda YPX xodimlarini obro`sizlantiruvchi video olib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan va haqoratlagan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, YPX xodimi xizmat mashinasida o`z vazifasini o`tayotgan vaqtida, orqa tomonda harakatlanayotgan avtomobil ichidagi fuqarolar xodimni qoidabuzarlikda ayblab, to`xtatgan. Ular inspektorni savolga tutgan va jarayonni videoga olgan. Fuqarolar xodimni go`llikda aylab, uning sha`niga qo`pol so`zlarni ishlatgan. Shundan so`ng ular inspektorni qoidani buzdi deya izohlab, ijtimoiy tarmoqqa tarqatgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro tuman sudi tomonidan mazkur ish ko`rib chiqildi. Sud qaroriga ko`ra, inspektor qoidani buzmagani aniqlangan. Ikki fuqaroga nisbatan esa Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan BHMning 20 baravari (6,8 million so`m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi. 

    Boshqa yangiliklar